Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 293 nafarga yetdi
21.04.2020 17:54,  
190

Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 5 nafar sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning barchasi Turkiyadan kelishgan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. 

Farg‘ona viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 6 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 11 nafarga yetdi. 

Buxoro viloyatidan yana 15 nafar, Xorazm viloyatidan esa 4 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Buxoroda shifo topganlarning 7 nafari Rossiyadan, 4 esa Turkiyadan  charter reyslar orqali viloyatga olib kelingan va karantinga olingan. 

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 68 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 83  nafarga yetdi. 

Xorazm viloyatida esa tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan kelishgan, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.  

Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 10 nafar bemor butkul sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 293 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан