Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 3500 kishiga yaqinlashdi
10.06.2020 13:17,  
97

Buxoro viloyatida 7 nafar, Samarqand viloyatida 6 nafar va Namangan viloyatida 3 nafar, jami 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shu tariqa Buxoroda jami kasallik qayd etilganlar  soni 466 nafar bo‘lib, endilikda shundan 457  nafari tuzaldi. Ayni paytda viloyatda davolanayotganlar soni 5 nafarni tashkil etmoqda

Samarqandda  jami kasallik aniqlanganlar soni 381 nafar bo‘lib, endilikda shundan 327 nafari sog‘aydi. Ayni paytda viloyatda infeksiyaga chalingan 52 nafar bemor davolanmoqda. 

Namanganda esa shu paytgacha 270 holatda kasallik qayd etilgan. Bugun viloyatda  shifo topganlarning soni 254 nafarga yetdi. Shu kunlarda namanganlik shifokorlar yana 12 nafar infeksiyaga chalingan bemor hayoti uchun kurashmoqda.

Shunday qilib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar  soni  3475 nafarni tashkil etmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан