Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan yana bir bemor vafot etdi
3.05.2020 16:09,  
1801

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, namanganlik M. shu yilning 20 aprelida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan viloyat filiali reanimatsiya bo‘limiga yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi tashxisi bilan yotqizilgan.

Yondosh kasalliklari hisobiga u qariyb ikki hafta davomida  sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan. O‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda  “Covid-19”  infeksiyasi ham aniqlangan. 

Bundan avval esa ushbu bemor (erkak) bosh miya falaji, ikkilamchi kamqonlik og‘ir darajasi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi kabi qator tashxislari bilan davolangan. 29 yildan buyon yotoqdagi bemor bo‘lishi bilan birga birinchi guruh nogironligi ham belgilangan.

Bemorning davolanishi davomida  kunlik ahvoli mamlakatimizdagi  shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari bilan birga xorijlik, jumladan, xitoylik shifokorlar tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, nazoratga olingan.

Biroq pulmonolog, terapevt, kardiolog, virusolog, reanimatologlarning  standartlar asosida  o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан