Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 22000 nafarga yaqinlashdi
28.07.2020 23:44,  
199

2020 yil 28 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 893 (+194) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 163 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Samarqand viloyatida hamda 5 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 381 nafar, Toshkent viloyatida 82 nafar, Andijon viloyatida 41 nafar, Sirdaryo viloyatida 23 nafar, Namangan viloyatida 20 nafar, Buxoro viloyatida 17 nafar, Navoiy viloyatida ham 17 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar, jami 591 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

Shunday qilib yurtimizda 12 265 (+591) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatimizda 9 502 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан