Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 150 mingga yaqinlashdi
11.04.2021 14:20,  
45

Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 10 aprel kuni koronavirus infeksiyasiga qarshi yana 40 359 kishi emlandi, deb xabar bermoqda  Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekistonda shu kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 148 642 nafarga yetdi.

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, 10 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha Farg‘ona viloyatida rekord qayd etilib, bir kunning o‘zida 10 ming nafardan ortiq fuqaro (10 868 nafar) emlandi.

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida koronavirusga qarshi emlangan jami fuqarolar 15 ming nafardan oshib, 20 ming nafarga yaqinlashdi.

Koronavirusga qarshi emlangan fuqarolarda kuzatilgan nojo‘ya ta’sirlarga qarshi kurashish maqsadida Toshkentda tashkil etilgan 81 ta emlash punkti 4 ta shifoxonaga biriktirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан