Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda limonchilikni rivojlantirish uchun 100 million AQSh dollari jalb etiladi
20.02.2020 22:43,  
545

“Limonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4610, 19.02.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 1 martdan boshlab kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik sub’yektlariga:

yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning har bir gektari uchun 30 million so‘mdan oshmaydigan miqdori Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan;

limon mevalarining eksporti bilan bog‘liq transport (temir yo‘l va aviatsiya transporti) xarajatlarining 25 foizigacha bo‘lgan miqdori Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan subsidiya sifatida qoplab beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi:

tijorat banklari bilan birgalikda limonchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining kamida 100 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari jalb etilishini;

“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki bilan birgalikda xalqaro moliya institutlarining 100 million AQSh dollari miqdoridagi xorijiy kredit liniyalarini limonchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishini ta’minlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан