Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilinmagan — IIV
30.12.2021 18:38,  
139

30 dekabr kuni Telegram’dagi «Namanganliklar.uz» kanalida Yo‘l harakati xavfsizligi xodimining niqob taqish majburiyati bekor qilinganini aytgan videosi e’lon qilindi.

Videoda YHX xodimi nima uchun niqob taqmasdan yurgani bo‘yicha berilgan savolga «niqob taqish 1 noyabrdan ‘otmen’ bo‘lgan», deya javob bergan.

«Gazeta.uz»ning yozishicha, nashr ushbu holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxrux G‘iyosovdan izoh so‘ragan.

Uning ma’lum qilishicha, tibbiy niqobni taqish majburiyati koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bekor qilinmagan. «Yo‘l harakati xavfsizligi xodimining harakatlariga tegishli huquqiy baho beriladi», — degan IIV matbuot kotibi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан