Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ob-havo keskin pasayib, qor yog‘ishi kutiladi
8.12.2021 13:53,  
555

12 dekabr avvaliga, shimol, 13-14 dekabr respublikaning boshqa hududlarida yaxshigina yog‘ingarchilik(asosan, qor)lar kutiladi.

Tog‘larda qor bo‘ronlar va ko‘p miqdorda qor yog‘ishi mumkin.

Bu haqda UzbMeteo kanali xabar bermoqda. 

12-13 dekabr kunlari katta masshtabli nam havo oqimlari, respublika hududlariga bemalol kirib kelishi uchun vaziyat yuzaga kelgan. Oqimlar g‘arb va shimoli-g‘arbdan kirib kelayotgani bois, sovuq va nam havo oqimidir. 13-14 dekabr kunlari respublika aholisining katta qismi qish manzarasiga guvoh bo‘lishi mumkin. 14 dekabrdan sovuq antitsiklon ta’siri hududlarda seziladi. Shimol hududlarda havo harorati minimumi kechalari -15 daraja sovuqgacha pasayadi.

Yaqin kunlarda Rossiyaning shimoli, shimoli-g‘arbi va shimoli-sharqida arktik sovuq havo oqimlari rivojlanishi prognozi berilmoqda. O‘zbekistonda bu dekabr oyi ikkinchi o‘n kunligi ikkinchi pentada(15-20 dekabr)sida ham respublikada biroz past harorat kuzatilishiga olib kelishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан