Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda pandemiya boshidan buyon taxminan 5,2 mln kishi kamida bir marta moddiy yordam olgan
15.03.2021 21:18,  
49

Toshkentda 12 mart kuni COVID-19 pandemiyasining 2020 yil aprelidan 2021 yil yanvarigacha bo‘lgan davrda mamlakat fuqarolarining ijtimoiy-iqtisodiy holati va psixologik salomatligiga ta’sirini baholovchi «O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» («O‘FT») loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari taqdim etildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Rivojlanish strategiyasi markazi tomonidan Jahon banki ko‘magida 2018 yildan boshlab amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasidagi so‘rovnomalarda mamlakat bo‘ylab har oy 4000 uy xo‘jaliklari qatnashmoqda. Unda, shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlaridagi 600 ta mahalla raislari ham ishtirok etmoqda.

2020 yilning mart oyida birinchi umummilliy karantin joriy etilishi ortidan loyiha pandemiyaning fuqarolar ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi va psixologik salomatligiga ta’sirini ham kuzatishni boshlagan. Inqiroz boshlanganidan buyon jami 18 000 dan ortiq uy xo‘jaliklari va 4000 dan ortiq mahalla raislari so‘rovnomada qatnashgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, 2020 yil aprel oyidan buyon taxminan 5,2 million kishiga shoshilinch yordam ko‘rsatilgan. Ularga nafaqalar, vaucherlar (68 foiz) yoki bir martalik pul mablag‘i (29 foiz) shaklida davlat tomonidan yordam berilgan.

Yordam olish to‘g‘risidagi xabarlar shahardan kelgan respondentlar orasida ikki baravar ko‘p uchraydi. Umuman olganda, moddiy yordamni daromadi past uy xo‘jaliklariga manzilli yetkazishga erishilgan.

2020 yilning so‘nggi oylarida mahalla raislari fuqarolarning ijtimoiy yordam bo‘yicha murojaatlari soni kamaygani haqida xabar bergan. Shunday qilib, bolali oilalarga (0 yoshdan 2 yoshgacha) bolalarni parvarish qilish bo‘yicha nafaqa olish uchun yangi murojaatlarning soni avgust oyida mahallalarning 58 foizida kuzatilgan bo‘lsa, 2021 yilning yanvar oyida bu raqam 28 foizni tashkil etgan. Bolali, kam ta’minlangan (2 yoshdan oshgan) oilalar uchun imtiyozlar bo‘yicha yangi arizalar soni shu davr mobaynida mahallalarning 51 foizdan 32 foizga tushgan.

Kam ta’minlanganlar uchun boshqa imtiyozlar bo‘yicha arizalar (oilada farzandlar borligi bilan bog‘liq bo‘lmagan) avgust oyida mahallalarning 56 foizdan 2021 yilning yanvar oyida 21 foizga qadar kamaygan. Avgust oyida boshqa xayriya jamg‘armalariga yordam so‘rab qilingan murojaatlar mahallalarning 46 foizida ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, ularning soni 2021 yilda deyarli nolga tushgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, fuqarolarning shoshilinch va ijtimoiy yordam so‘rab qilgan murojaatlarining kamayishi ijobiy tendensiya sifatida qaralishi mumkin, chunki bu aholining iqtisodiy ahvoli izchil yaxshilanayotganligi ko‘rsatkichlaridan biridir.

«‘O‘zbekiston Fuqarolarini tinglab’ loyihasini amalga oshirish davomida to‘plangan ma’lumotlar kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha samaraliroq va odamlarning real ehtiyojlariga yaqinroq chora-tadbirlarni ishlab chiqishga yordam beradi», — degan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан