Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda pavlovniya plantatsiyalari tashkil qilinadi
29.08.2020 13:53,  
363

“Respublikada tez o‘suvchi va sanoatbop pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (520-son, 27.08.2020 y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, suv tanqis, yer osti suvlari 30 metrdan pastda joylashgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarda hamda o‘rmon fondining suv tanqis yoki tuprog‘i sho‘r bo‘lgan yerlarida sinov tariqasida 2020-2024 yillarda pavlovniya plantatsiyalari tashkil  qilinadi.

Qarorga ko‘ra, belgilangan yillarda respublika bo‘yicha pavlovniya palantatsiyalarini tashkil etish orqali 4000 gektar zaxira yerlarda 2 mln 990 ming dona hamda 1000 gektar o‘rmon fondi yerlarida 747 ming 500 dona pavlovniya daraxti ko‘chatlarini yetishtirish nazarda tutilgan. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan talabgorlarga pavlovniya yetishtirish uchun yer uchastkalari ijara huquqi asosida ajratiladi. 

Pavlovniya plantatsiyalari barpo etish uchun har bir loyihaga 100 gektardan kam bo‘lmagan yer maydoni ajratiladi.

Shuningdek, 2021 yildan boshlab har yili o‘tkaziladigan innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida pavlovniya daraxti va undan olingan mahsulotlar namunalari bilan ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar va fermerlar keng miqyosda tanishtirib boriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан