Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Prezident sovrini uchun xalqaro shaxmat turniri o‘tkaziladi
16.01.2021 16:43,  
163

“Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4954-son, 14.01.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Shaxmatni 2025 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) tasdiqlandi. Bunda 2025 yilga qadar shaxmat bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini  3 foizga yetkazish nazarda tutilgan. 

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

150 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilarini tajriba tariqasida shaxmatga o‘qitishni tashkil qilish amaliyoti kengaytirilib, yana qo‘shimcha 150 ta maktab (shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) 10 tadan, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 15 tadan maktab) shaxmatga ixtisoslashtiriladi;

tegishli 1 000 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2, 3 va 4-sinf o‘quvchilarini “Jismoniy tarbiya” fani doirasida 18 soatlik reja asosida shaxmatga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi hamda ularga metodik yordam ko‘rsatiladi;

qolgan barcha maktablarning 2, 3 va 4-sinf o‘quvchilari “Jismoniy tarbiya” fani doirasida shaxmatga o‘qitiladi.

2021 yildan boshlab har yili bir oy davomida maktablarda “Shaxmat oyligi” tashkil etiladi. 

2021 yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda: Toshkent shahrida Prezident sovrini uchun xalqaro shaxmat turniri, O‘zbekistonlik birinchi xalqaro grossmeyster G.T. Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir, shuningdek, shaxmat bo‘yicha XVII Jahon chempioni R.M. Qosimjonov xalqaro turniri;
Samarqand shahrida “Sohibqiron kubogi” xalqaro shaxmat turniri;

Xiva shahrida “Al-Beruniy” xalqaro shaxmat turniri;

Buxoro, Termiz va Xiva shaharlarida “Turizm va shaxmat haftaligi” tashkil etiladi.

Shuningdek, shaxmat maktablari va klublari faoliyatiga ko‘mak berish maqsadida O‘zbekiston shaxmat klublari assosiatsiyasi tashkil etildi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialida shaxmat bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi ochiladi.O‘zbekiston shaxmat federasiyasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Shaxmatni ommaviylashtirish va rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.

Bundan tashqari, shaxmat bo‘yicha musobaqalar va turnirlarni onlayn o‘tkazish platformasi (www.uzchess.uz), shuningdek, tahsil olayotgan o‘quvchilar va talabalar hamda o‘qituvchilar, trenerlar va mutaxassislarning yagona elektron bazasi yaratiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан