Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda radar va kameralar o‘rnatish joylari savdoga qo‘yila boshlandi
9.06.2021 08:25,  
141

O‘zbekistondagi chorraha va yo‘llarda radar va kameralar qo‘yish joylari auksion orqali savdoga qo‘yilishi boshlandi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 apreldagi 232-sonli qarori asosida radar va kameralar o‘rnatish joylari E-auksion savdo maydonchasi orqali sotilishi belgilangandi. Ushbu qarorga asosan onlayn-auksionlar Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan reglament asosida tashkil etiladi.

Ob’yekt onlayn-auksionda g‘olib bo‘lgan tadbirkorga mulk huquqi asosida cheklanmagan muddatga, boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi. Lotning joy dislokatsiyasi, hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi.

Hozirda:

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intellektual videokamera va 2 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan;
Xorazm viloyati, Xiva shahrida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intellektual videokamera va 1 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan;
Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 1 ta intellektual videokamera va 1 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan.
Yaqin fursatlarda boshqa hududlardan ham bu singari huquqlarning savdoga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан