Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda rahbarlik lavozimlariga tayinlanadigan kadrlar uchun davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat joriy etiladi
15.11.2020 14:39,  
127

Qaror loyihasiga ko‘ra 2021 yil 1 apreldan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

2023 yil 1 yanvardan boshlab rahbar kadrlar hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishi majburiy etib belgilanishi mumkin.

Rahbar kadrlar hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida o‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida malaka oshirishlari talab etiladi.

Rahbar kadrlar hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga sertifikat berish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Rahbar kadrlar hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun tuziladigan test topshiriqlari markaz o‘quv dasturiga muvofiq shakllantiriladi.

Bunda, test topshiriqlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan talab asosida markaz tavsiya etgan mutaxassislar tomonidan shakllantiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 20 oktyabrda qabul qilingan «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmonida Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda hujjatning 4-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан