Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Birjada shakar narxi pasaydi
19.03.2022 16:01,  
170

Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi ochiq birja savdolari natijalariga ko‘ra, shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi avvalgi savdo kuniga nisbatan mahsulotning bir tonnasi uchun 15%ga pasaydi - “O‘zRTXB” AJ axborot xizmati.

Birja savdolariga jami 2 100 tonna shakar qo‘yilgan bo‘lib, ulardan barcha hajmi sotildi.

Shakarning xarid qilishda talab darajasidan kelib chiqqan holda, hududlar o‘rtasida mutanosib taqsimot shakllanmoqda. Nisbatan yetakchilik qilgan hududlarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati (30%), Samarqand (12%), Qashqadaryo va Xorazm (10% dan), Andijon va Buxoro viloyatlari (8% dan) kirdi.

Antimonopoliya qo‘mitasi shakarni birja savdolariga kunlik 2 000 tonnadan kam bo‘lmagan miqdorda barchaga teng sharoitda 1 tonnalik lotlarda qo‘yilishini, bir savdo sessiyasida bir xaridor maksimal 20 tonna shakar sotib olishi haqida ko‘rsatma berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан