Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda suv kodeksi ishlab chiqiladi
13.07.2020 15:58,  
159

Avval xabar qilganimizdek, «O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlandi.

Shuningdek, farmonda nazarda tutilgan vazifalarning to‘liq va o‘z muddatida bajarilishini ta’minlash maqsadida Suv xo‘jaligi tizimida mas’ul boshqarma tashkil etiladi.

Klasterlarga o‘z balansidagi qishloq xo‘jaligi ekin yerlarida joylashgan suv xo‘jaligi ob’yektlarini boshqarish yo‘nalishidagi Suv xo‘jaligi vazirligining funksiyalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘tkazish to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, Farmon bilan konsepsiyada belgilangan vazifalarni 2020-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xarita»si tasdiqlandi.

Unga muvofiq, suv resurslarini boshqarish, suvdan samarali foydalanish va suvni iste’mol qilish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish maqsadida Suv kodeksi ishlab chiqiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан