Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ustoz Zayniddin qori Muhammad Yusuf xotiralariga bag‘ishlangan Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda
21.01.2021 19:41,  
184

Ustoz Zayniddin qori Muhammad Yusuf xotiralariga bag‘ishlangan «Qur’oni Karim musobaqasi 1442» tanlovi.

AzonTV ilmiy-ma’rifiy onlayn telekanalida yurtimizning ahli qur’onlaridan biri, ustoz Zayniddin qori Muhammad Yusuf xotiralariga bag‘ishlangan Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad xalqimizning Kalomullohga bo‘lgan muhabbatini oshirish, yangi ahli Qur’onlarni kashf etish, yoshlarimizning ilmga bo‘lgan rag‘batlarini yuksaltirish, yurtimizning katta qorilari bilan jonli muloqotni yo‘lga qo‘yish, Qur’oni karimni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va salohiyatni qo‘llab-quvvatlashdir.

Qur’on musobaqasi qatnashchilari ikki yo‘nalishda Hifz va tilovat yo‘nalishida bellashadilar.Superfinal bosqichiga qadar har hafta saralash bosqichlari bo‘lib o‘tadi.

Har dushanba kuni ikki yo‘nalish bo‘yicha soat 8:00 dan 13:00ga qadar telegram manzili orqali arizalar qabul qilinadi.

Qabul qilingan arizalar orasidan 10 ishtirokchi saralanib olinadi. So‘ngra mana shu saralangan ishtirokchilar o‘rtasida haftaning chorshanba va payshanba kuni Qur’on musobaqasi o‘tkaziladi.Saralash jarayoni onlayn efirda, shaffof holda o‘tkaziladi. Bir vaqtning o‘zida ikkala yo‘nalishda ishtirok etish mumkin emas. Ishtirokchilar hifz va tilovat yo‘nalishidan faqat birini tanlashlari shart.

Superfinal bosqichi muborak Ramazon oyida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada faqat balog‘atga yetgan, O‘zbekiston fuqarosi hamda O‘zbekiston hududida yashab turgan erkaklar qatnashishlari mumkin.

Musobaqani taniqli qori Hasanxon Yahyo Abdulmajid boshchiligidagi Qur’on ilmining ustozlari kuzatib, baholab borishadi.

Pandemiya sabab musobaqa onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Qur’on musobaqasiga doir barcha yangiliklarini har kuni soat 8:00 va 20:00 da AzonTV’ning barcha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin.Musobaqa g‘oliblari homiylar tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.  

Hifz yo‘nalishi bo‘yicha final g‘oliblariga:             
1-o‘rin uchun “Spark” avtomobili;
2-o‘rin uchun noutbuk;
3-o‘rin uchun planshet.

Tilovat yo‘nalishi bo‘yicha final g‘oliblariga: 
1-o‘rin uchun noutbuk;
2-o‘rin uchun televizor; 
3-o‘rin uchun telefon.

Hifz: saralash bosqichi g‘oliblariga: 
1-o‘rin uchun “Hidoya” to‘plami, Qur’oni karim /super finalga yo‘llanma; 
2-o‘rin uchun Qur’oni Karim;
3-o‘rin uchun Qur’oni Karim.

Tilovat: saralash bosqichi goliblariga: 
1-o‘rin uchun Katta fiqh ensiklopediyasi, Kur’oni karim/super finalga yo‘llanma; 
2-o‘rin uchun Qur’oni Karim;
3-o‘rin uchun Qur’oni Karim.

Musobaqa g‘oliblarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish xarajatlari tanlov homiylari tomonidan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан