Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari to‘liq qoplab beriladi
14.04.2021 16:49,  
138

Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi deya xabar bermoqda O‘zA.

Xarajatlarni qoplashni so‘rab, imtihon topshirish paytida 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya mablag‘lari Xalq bankining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi. Kompensatsiyani Xalq banki filialidan naqd yoki naqd pulsiz shaklda olish mumkin.

5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) bo‘yicha kompensatsiyalar 2021 yil 1 maydan boshlab to‘lanadi, yana 13 ta imtihon tizimi bo‘yicha xarajatlar 2022 yil 1 yanvardan qoplanishni boshlaydi.

Xalqaro imtihon tizimlarining ro‘yxati va minimal ball (daraja) miqdori ilovada berilgan.

 

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан