Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda xodimni ishdan bo‘shatishda kompensatsiya to‘lash tartibi o‘zgardi
12.04.2021 08:41,  
1923

Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlangan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinib, ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda xodimlarga moddiy madad berish tartibi haqidagi tushuntirishga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda «Norma» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 1 aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyrug‘i bilan o‘zgartirilgan hujjatda quyidagicha misol keltirilgan:

Mehnat shartnomasi 1 martdan bekor qilinishi haqidagi bildiruv xati bilan xodim 1 yanvarda yozma tarzda ogohlantirildi. Lekin xodim bilan ish beruvchining kelishuvi asosida ushbu ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirildi va xodim bilan mehnat shartnomasi 1 yanvardan bekor qilindi.

Xodimga ogohlantirish muddatiga mutanosib ravishda — yanvar, fevral oylari uchun pullik kompensatsiya va bir oylik — yanvar uchun ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘landi. Agarda xodim ishga joylashmaganini mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasi bilan tasdiqlasa, Mehnat kodeksining 67-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan ikkinchi oy (fevral) uchun o‘rtacha oylik ish haqini mart oyida olish huquqiga ega bo‘ladi.

Qayd etilishicha, ushbu xodim mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng 30 (ilgari – 20) kalendar kun ichida, ya’ni 2 yanvardan 31 yanvargacha bo‘lgan muddatda mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa va aprel oyida bu to‘g‘risida mehnat organining ma’lumotnomasini taqdim qilsa, unga uchinchi oy (mart) uchun ham ilgarigi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadi.

Ma’lumot o‘rnida, hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1 apreldan kuchga kirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан