Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yillik inflyasiya darajasi 2017 yildan beri birinchi marta 10 foizdan oshmadi
4.01.2022 08:52,  
48

O‘zbekistonda 2021 yilda inflyasiya darajasi 9,98 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib Spot xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Markaziy bank prognoz qilganidek, ko‘rsatkich 2017 yildan beri birinchi marta 10 foizdan oshmagan. Iste’mol narxlari indeksining o‘sishi Markaziy bank taxmin qilgan 10 foizga mos kelgan. Asosiy inflyasiyaning sekinlashishi va monetar sharoitlarning o‘rtacha qattiqligi inflyasiya maqsadiga erishishga yordam bergan.

2021 yilning dekabr oyida narxlar 1,26 foizga oshgan. Taqqoslash uchun, 2020 yilning dekabrida bu ko‘rsatkich 1,55 foizni, 2019 yilning dekabrida 1,69 foizni tashkil etgan edi.

Dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari 2 foizga (o‘tgan yilning shu davrida — 2,4 foizga), nooziq-ovqat tovar narxlari noyabr oyidagi kabi 0,8 foizga o‘sdi (bir yil avval 0,9 foizni tashkil etgan).

Xizmat ko‘rsatish sohasida narxlar o‘rtacha 0,5 foizga oshgan (2020 yilda 0,9 foizni qayd etgan).

Spot’ning yozishicha, o‘nlab yillar davomida O‘zbekistonda inflyasiya darajasi 3-5 foizni tashkil etgan, biroq ushbu raqamlar shubhali.

Statistika shaffof va ob’yektivroq bo‘lgan 2017 yilda inflyasiya 14,4 foizni tashkil etgan edi. 2018 yilda u 14,3 foizga, 2019 yilda 15,2 foizga yetgan. 2020 yilda avvalgi minimal ko‘rsatkich 11,1 foiz etib belgilangan edi.

Hukumat 2022 yilda inflyasiyani 9 foizga, keyingi yillarda esa 5 foizga tushirish vazifasini qo‘ygan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан