Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi avtoritarizmning muallifi kim?
18.09.2019 10:16,  
3002

Bugun «Sentr-1» saytida «Vnuchka Islama Karimova – o «kosmeticheskix izmeneniyax» v Uzbekistane» nomli maqolada Islom Karimovning nevarasi, Gulnora Karimovaning qizi Iymon Karimovaning intervyusi nashr qilindi. Ushbu maqolada Iymon Karimova O‘zbekistondagi vaziyatga baho berib, u o‘ziga qarshi chiqqan holatlar kuzatiladi.

Imon Karimova yangi Prezident Shavkat Mirziyoyevni bir qancha moddalar bilan ayblaydi, jumladan, «O‘zbekistondagi o‘zgarishlar faqat yuzaki», «O‘zbekistonda qo‘rquv saltanati o‘rnatildi, butun boshli hokimiyatni, jamiyatni va Karimovlar oilasini qo‘rquv qurshab oldi», «O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘qoldi», «investorlar O‘zbekistonga pul tikishdan ko‘rqishadi» kabi ayblovlarni bildiradi. O‘ziga qarshi chiqqan tarafi shundaki, u o‘z bobosi boshqaruvini tanqid qilmasdan turib «O‘zbekistondagi o‘zgarishlar nihoyatda yuzakidir» deyishi bo‘ldi. Bu bilan, u oldingi boshqaruv nolegitim ekanligini, o‘zgarishlarga ehtiyojlar borligini bildiradi, va ayni paytda, bu o‘zgarishlar yuzaki degan fikrni oldinga suradi.

Aslida ham O‘zbekistonda qo‘rquv saltanati o‘rnatildimi, yoki, aniqroq aytadigan bo‘lsak, ijtimoiy ongdagi qo‘rquvning darajasi oshdimi? O‘zbekistonda o‘rnatilgan qo‘rquv saltanatining me’mori kim?

O‘tgan 27 yil davomida O‘zbekiston dunyodagi barcha mavjud «qora ro‘yxatlar»dan tushmay keldi. O‘zbekiston dunyodagi eng barqaror diktaturalardan biriga aylangan edi. Biron hafta yo‘q ediki, "Ozodlik", BBC, Amerika ovozi radiolaridan ommaviy qamashlar, qamoqdan o‘ligi chiqqanlar, qochib ketganlar, qochqinlarning og‘ir qismati haqida reportajlar, xabarlar chiqib turmasa...

O‘zbekistonda o‘ta murakkab qo‘rquv saltanati o‘rnatilgan edi. Qo‘rquv muhiti shu darajaga borgan ediki, butun boshli 34 million kishilik davlatda Prezidentdan boshqa bitta ham omma ko‘ziga ko‘rina oladigan, ovozini eshittira oladigan siyosatchi yo‘q edi. Axir, diktatura bundan ham ortiq bo‘ladimi?

Xo‘sh, bu qo‘rquv saltanatining muallifi kim edi, bu saltanat kimning dunyoqarashi, intilishlari va asablarining torligi asosida tashkil qilingan edi? Bu ritorik savol, albatta. Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelib, uning shu paytgacha qilgan eng kata tarixiy ishi – repressiv mashinani to‘xtatishga urinishi bo‘ldi. O‘zbekistonda kuch ishlatar tizimlar davlatning tub manfaatlaridan, jamoatchilik fikridan, global hamjamiyat qarashlaridan mutlaq avtonom bo‘lgan, alohida bir korporatsiyaga aylanib qolgan edi. Ular «xavfsizlik» deya, davlatning va jamiyatning hayotini to‘laligicha o‘z monopoliyasiga, tasarrufiga olishgan va bu monopoliyani o‘z manfaatlari uchun kapitallashtirayotgan edilar. Shu sabab, kuch ishlatar tizim rahbarlari – norasmiy oligarxlarga aylanishgandi.

Muammo ham shundaki, Karimov yaratgan qattiq avtoritar tizimni o‘zgartirish, uning soyasidan chiqish, asoratlarini davolash juda mashaqqatli ish bo‘lyapti. O‘zbekiston millati o‘zining 27 yillik hayotini qattiq avtoritarizmda o‘tkazgani bois, shuncha umrini yo‘qotdi – bugun hamma ishni boshidan boshlashga to‘g‘ri kelmoqda. Erkin, mas’uliyatni va malakali odamni shakllantirish, erkin va o‘z muammolarini anglaydigan jamiyatni shakllantirish, repressiyalarsiz barqarorlikka erishish, erkinlik va hamkorlik asosida milliy boylik yaratish va uni adolatli taqsimlash malakasini yaratish – bu vazifalar nihoyatda mashaqqatli, ko‘p o‘n yilliklarni talab qiladigan ishlardir.

Lekin boy berilgan imkoniyatlarga, Imon aytganidek, Mirziyoyev emas, uning bobosi aybdor. Afsuski, uning aytganlari bir narsaning ifodasi hisoblanadi – o‘tgan davrda O‘zbekistonda qonunlardan yuqorida turuvchi shaxslar va guruhlar shakllangan edi va bugun o‘sha shaxslar qonundan ustun turuvchi daxlsizliklarini qo‘msashmoqda. Ayni paytda, O‘zbekistonda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar nihoyatda ko‘p. Ikkinchi ma’muriyat davlat tizimini isloh qilishda, huquqiy davlatchilik o‘rnatish borasida shoshilishi kerak bo‘ladi. Aks holda, tarix yana takrorlanaveradi...

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан