Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi eng ommabop milliy telekanallar aniqlandi
2.06.2020 15:21,  
670

“Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan joriy yilning 5—15 mart kunlari O‘zbekistonda eng ommabop milliy televizion manba va formatlarni aniqlash maqsadida fuqarolar o‘rtasida jamoatchilik fikri so‘rovi o‘tkazildi. Unda respublika bo‘yicha jami 6 467 nafar fuqarolar ishtirok etdi. So‘rovda shahar va qishloq joylaridagi turli yosh va kasb egalari qamrab olindi.

So‘rov davomida fuqarolarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy hamda axborot dasturlariga bo‘lgan ehtiyoji, xabar va yangiliklarni kengroq auditoriyaga yetkazish ko‘rsatkichi, davlat va xususiy telekanallar tomonidan efirga uzatilayotgan teledasturlarga nisbatan aholining munosabati kabi qator masalalar o‘rganildi. 

So‘rov fuqarolar bilan joylarda (ta’lim muassasalari, tashkilotlar, bozorlar, mahallalarda va aholi gavjum joylarda) uchrashuvlar o‘tkazish orqali amalga oshirildi.

Jamoatchilik fikri so‘rovi avvalida respondentlarning hafta davomida necha marotaba va aynan qaysi vaqtlar oralig‘ida televizor ko‘rishlari o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, so‘ralganlarning 2 449 nafari (37.9%) har kuni, 1 421 nafari (22%) haftada 3-5 kun, 1 263 nafari (19.5%) haftada 1-2 kun ko‘radilar. Qolgan natijalar bilan qo‘yidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan, 6 400 dan ziyod fuqarolar ishtirok etgan so‘rov natijalariga ko‘ra, milliy telekanallarning kuchli beshligi shakllantirildi. E’tiborlisi, uning barcha o‘rinlarini xususiy telekanallar egalladi. Joylashuv tartibi quyidagicha: 󠄀 1-o‘rin — Zo‘r TV (11,8%), 2-o‘rin — Sevimli (9,6%), 3-o‘rin — My5 (9,4%), 4-o‘rin — Milliy TV (6,9%), 5-o‘rin — Futbol TV (6,8%). Qolgan natijalar bilan qo‘yidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан