Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi iliq ob-havo qachongacha davom etadi?
11.01.2021 13:31,  
5193

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga respublika hududlarining ko‘p qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduz kuni 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.13 yanvarda havo massalarining kirib kelish fronti sharqqa qarab siljiydi, kechalari Toshkent viloyatida, shuningdek Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni, kunduz kuni 3-8 daraja iliqni tashkil etadi, bu iqlimiy me’yorlardan kam bo‘ladi. 14 yanvarda O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi esa ko‘tariladi va 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

15 yanvarda respublika bo‘yicha Erondan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, O‘zbekistonda quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va havo harorati kechasi 2-5 daraja iliq, ba’zi joylarda ayniqsa sovuq kuchli bo‘ladigan hududlarda 0-2 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja issiq bo‘ladi, bu me’yordan 5-7 darajaga yuqoridir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан