Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning eng yirik banki isloh qilinmoqda
2.12.2019 18:00,  
2577

O‘zbekistondagi eng yirik bank Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etilmoqda, bu haqda Milliy axborot agentligi xabar bermoqda

"Milliy bank" AJ ta’sischilari yetib Moliya vazirligi va hamda O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi belgilandi.

Quyidagilar “Milliy bank” AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • xorijiy kredit liniyalari, xalqaro kapital bozoridagi resurslar, xorijiy investorlar mablag‘larini jalb qilish orqali iqtisodiyotning ustuvor sektorlarida yirik investitsion loyihalarni faol ravishda kreditlash;
  • xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini oshirish uchun innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish;
  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga bank xizmatlarini, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalarida moliyaviy maslahatlar berish va axborot ko‘magini ko‘rsatish;
  • aholiga chakana bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda bank xizmatlarining yangi turlarini joriy etish;
  • birinchi navbatda milliy valyutadagi uzoq muddatli mablag‘larni safarbar qilish hisobiga bank faoliyatini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish;
  • savdo-eksport moliyalashtirish biznesi mahsulotlarini rivojlantirish va uning geografiyasini kengaytirish, shuningdek, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, eksport qiluvchilarga konsalting xizmatlarini taqdim etish;
  • korporativ mijozlarga investitsion banking, jumladan, ichki va tashqi bozorlarda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish.

Eslatib o‘tamiz, O‘zmilliybank kapitali $8.45 mlrd. bo‘lib, u O‘zbekiston banklari jami kapitalining 27.4%ini tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан