Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi qaysi nodavlat OTMlarda litsenziya bor, qaysilarida esa yo‘qligi ochiqlandi (To‘liq jadval)
25.12.2021 12:17,  
1781

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati  rasmiy bayonot bilan chiqdi:

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda litsenziyaga ega bo‘lmagan bir qator tashkilotlar o‘zlarini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sifatida targ‘ib qilish holatlari uchramoqda. 

Xususan, ko‘pchilik “Valley Innovative University”, Samarqand–Koreya xalqaro universiteti, Angren–Koreya internatsional universiteti, Xalqaro Yevropa universiteti va boshqa shu kabi muassasalar tomonidan berilgan diplomlar O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasasi diplomi sifatida tan olinadimi?” deb murojaat qilmoqda.

Ularning ayrimlari hattoki xorijda ta’lim olayotgan yurtdoshlarimizga o‘qishlarini O‘zbekistonga imtihonsiz ko‘chirish bo‘yicha va’dalar berayotganligi aytilmoqda.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi yuqorida nomi keltirilgan ta’lim tashkilotlari O‘zbekistonda oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi hech qanday litsenziyaga ega emasligini ma’lum qiladi. 

Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, Ta’lim inspeksiyasidan oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun litsenziya olmagan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar tan olinmaydi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasiga asosan, nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir. 

Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya berish Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 martdagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiriladi.

O‘z navbatida ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda nodavlat ta’lim tashkilotlari soni bir necha barobarga oshib, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida, shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro sog‘lom raqobat muhiti shakllanmoqda.

Mazkur jarayonlarda Ta’lim inspeksiyasi tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tizimini soddalashtirish bilan birga, talabgorlarning murojaatlarini qisqa muddatlarda ko‘rib chiqish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

2018 – 2020 yillar oralig‘ida litsenziyaga ega bo‘lgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni esa 13 tani tashkil etgan bo‘lsa, amalga oshirilgan islohotlarning natijasida birgina 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida 18 ta nodavlat oliy ta’lim tashkiloti faoliyati litsenziyalandi. 

Fuqarolarimizning yuqoridagi kabi holatlarda aldanib qolishlarining oldini olish maqsadida Ta’lim inspeksiyasi rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali oliy ta’lim xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya olingan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari haqida muntazam tarzda ma’lumot berib kelinmoqda: 

1- havola: https://tdi.uz/news/1009/ 

2-havola: https://tdi.uz/news/1091/ 

3-havola: https://tdi.uz/news/1146/ 

Bundan tashqari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi veb-saytida Nodavlat ta’lim tashkiloti reyestri mavjud bo‘lib, bu yerga litsenziya olgan ta’lim tashkilotlari haqidagi ma’lumotlar muntazam joylashtirib borilmoqda.

Shuni yodda tutish muhimki, tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tmagan ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar nafaqat O‘zbekiston Respublikasida balki boshqa davlatlar tomonidan ham tan olinmaydi.

Yuqorida nomlari keltirilgan muassasalarga oliy ta’lim tashkilot sifatida litsenziya olib, faoliyatlarini qonuniy asosda yuritishlari uchun hech qanday to‘siq mavjud emas. 

Shuningdek, nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish istagida bo‘lgan tadbirkorlar qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli litsenziyani olganlaridan keyingina fuqarolarimiz o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirishlari maqsadga muvofiq. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан