Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarining talabalari antropometrik ma’lumotlarni yig‘ishga majburiy safarbar etilganini komissiya o‘rganadi
22.01.2021 11:06,  
160

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi tomonidan Davlat mehnat inspeksiyasi bilan birgalikda tibbiyot yo‘nalishidagi OTM bitiruvchi talabalari hududlarning ambulator-poliklinika muassasalariga aholining antropometrik ma’lumotlarini yig‘ishga majburiy safarbar etilganligi to‘g‘risida holatlarni o‘rganishni boshladi. Bu haqda komissiya xabarida so‘z bo‘radi.

«Mazkur masalani o‘rganish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi», — deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot ta’lim muassasalari bitiruvchi kurslari birlamchi tibbiyot muassasalariga amaliyotga yuborilayotgani hamda ular tibbiy xatlov jarayonlarida qatnashib, aholining antropometrik o‘lchovlarini olish ishlariga jalb etilayotgani haqida turli mazmundagi ma’lumotlar berilmoqda.

«Bularning barchasi pandemiya davrida amalga oshirilmoqda!», — deydi talabalar ishini muvofiqlashtirishga jalb etilgan o‘qituvchilardan biri.

Shuningdek, internetda talabalarga birlashish va «25 yanvardan majburiy mehnat bilan shug‘ullanishga bormaslik» borasidagi murojaat ham paydo bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 21 yanvar kuni vazirning birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatovning bu boradagi bayonoti bilan bo‘lishdi.

U talabalar antropometrik ma’lumotlarni yig‘ishga majburan jalb etilayotgani to‘g‘risidagi xabarni yolg‘on deb atagan: Ular aholining antropometrik o‘lchovlarini olayotgani yo‘q. Bu ishni hamshiralar ham qilishi mumkin».

«Bu tadbirga jalb qilingan bitiruvchi kurs talabalari, klinik ordinatorlar, oilaviy shifokor sifatida har bir fuqaroni ham salomatligi, ham kasallanish ko‘rsatgichlarini o‘rganadilar, ularni kerakli ko‘rik va tekshiruvlardan o‘tkazadilar. Bu faoliyat ularni o‘qituvchi-domlalari ishtirokida va nazoratida olib borilishi lozim hamda o‘quv jarayonining muhim qismi bo‘lib hisoblanadi», — deydi vazirning birinchi o‘rinbosari.

Inoyatovning ma’lum qilishicha, hududlarda amaliyot o‘tayotgan talabalar shu yilning 25 yanvar kuni odatiy o‘quv jarayonlariga qaytadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан