Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 880 so‘mga qadar ko‘tarildi
14.12.2021 09:46,  
48

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 14 dekabr, seshanba kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi.

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 800—10 820 so‘mga sotib olishni, 10 880 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bu eng yangi yuqori ko‘rsatkich. Bundan oldingi rekord bir kun oldin — 13 dekabr kuni o‘rnatilgan edi — 1 AQSh dollarining kursi 10 860 so‘mga chiqqan.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

«Savdogar bank»: sotib olish — 10 800 so‘m, sotish — 10 880 so‘m;
«Aloqa bank»: sotib olish — 10 820 so‘m, sotish — 10 870 so‘m;
«Mikrokredit bank»: sotib olish — 10 800 so‘m, sotish — 10 870 so‘m;
«Kapital bank»: sotib olish — 10 820 so‘m, sotish — 10 880 so‘m;
Asia Alliance Bank: sotib olish — 10 820 so‘m, sotish — 10 860 so‘m.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан