Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni keskin ortmoqda
29.06.2020 00:05,  
684

2020 yil 28 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7948 (+135) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 108 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 14 nafari Qashqadaryo viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar) orasida, 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari aholi orasida, 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan.
 
Ayni paytda yurtimizda 5329 (+89) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog‘aygan.

Bugun mamlakatimizda 266 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 247 nafari Karantin muassasalarida, 16 nafari aholi orasida (shundan 6 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida, 1 nafardan Toshkent viloyati hamda Sirdaryo viloyatida), qolgan 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан