Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik ayol Almati viloyatida mast holatda mashina o‘g‘irlab, avariyaga uchradi
4.06.2020 11:12,  
545

1 iyun kuni Almati-Bishkek yo‘lining 43-kilometrida «Toyota Camry» avtomashinasini boshqarayotgan 33 yoshli ayol, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi boshqaruvni yo‘qotgan, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

Almati viloyati politsiya departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu holat Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi bilan ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston fuqarosi transport vositasini boshqarayotganda mast holatda bo‘lgan. «Baxtsiz hodisa natijasida 31 yoshli erkak va 23 yoshli ayol tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. U bungacha 2017 yil 16 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining 517-moddasi 7-qismiga binoan Almati viloyati Qarasay tumanining ixtisoslashtirilgan tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan migratsiya qonunchiligini takroran buzishda aybdor deb topilgan.

Uning Qozog‘iston Respublikasi hududida noqonuniy yurganligi sababli, ushbu holat Qarasay tuman ichki ishlar bo‘limida Jinoyat kodeksining 392-moddasi (Qozog‘iston Respublikasi davlat chegarasini qasddan noqonuniy kesib o‘tish) bo‘yicha jinoyat sifatida qayd etilgan.

Bundan tashqari, u boshqargan mashinani opasi, Qozog‘iston fuqarosidan o‘g‘irlangan», - dedi Almati viloyati politsiya departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, politsiya polkovnigi Daniyar Mendebayev. Endi u Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining uchta moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан