O‘zbekistonlik MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi

19 iyul kuni o‘zbekistonlik MMA jangichisi, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida avtohalokatga uchrab, vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Murod Xonto‘rayev 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U o‘zining professional karerasini 2013 yilda boshlagan.