Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik olimlar Springer Nature resursidan 1 yil bepul foydalanadi
3.01.2020 15:09,  
239

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va xorijiy “Springer Nature” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan shartnomaga asosan, yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar 2020 yil 1 yanvardan boshlab Springer Nature kompaniyasi elektron resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu imkoniyat natijasida olimlarimiz Springer Nature resurslari bilan muntazam tanishish, yil davomida xorijiy kompaniya jurnallaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Springer Nature kompaniyasining reyting jurnallarida O‘zbekistonning maqolalar va kitoblarining sifati va miqdorini oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Ushbu resurslardan foydalanish orqali xorijiy hamkorlarni topish, ular bilan birgalikda xorijiy grant tanlovlari doirasida investitsiya jalb qilish imkoniyatini oshirish maqsadida vazirlik respublikamiz olimlari uchun Springer Nature kompaniyasining elektron resurslaridan 1 yil davomida bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан