Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik olimpiyachilar Xitoyni yengdi (video)
12.01.2020 20:10,  
311

Bugun Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U23 Osiyo chempionatida Xitoy bilan uchrashdi.

Uchrashuv Songxla shahridagi “Tinsulanon” stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida Abduvohid Ne’matov, Ilhomjon Alijonov, Xusniddin Aliqulov, Islomjon Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Azizjon G‘aniyev, Abdulla Abdullayev, Sanjar Qodirqulov, Jasurbek Yaxshiboyev, Oybek Bozorov, Bobur Abduxoliqov o‘yinga tushdi.

O‘yinning 5-daqiqasida Alijonov tepgan to‘p darvozabonga tegib qaytdi va qaytgan to‘pni Aliqulov yana boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Lekin gol VAR tizmida tekshirilgandan so‘ng, inobatga olinmadi.

1-bo‘limning so‘nggida futbolchilarimiz jarima zarbasi ishlab olishdi. Jarima zarbasini Islom Qodirov qoyilmaqom ijro etib, O‘zbekistonni oldinga olib chiqdi.

65-daqiqada hakam VAR tizimi orqali bizning foydamizga penalti belgiladi. Ammo uni Islom Qodirov aniq ijro eta olmadi.

78-daqiqada maydonga tushgan Nurullo To‘xtasinov 80-daqiqada raqib darvozasini nishonga oldi.

O‘yin 2:0 hisobi bilan yakunlandi. Olimpiyachilarimiz 15 yanvar kuni Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан