Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik sportchilar Tokio Olimpiadasiga 500 quti palov olib borgani ma’lum bo‘ldi
31.07.2021 18:58,  
275

O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga o‘zbek palovi va non olib borgan.

Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida davom etayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirokini boshlagan o‘zbekistonlik sportchilar kunchiqar mamlakatga 500 quti palov va non olib borgan.

«Biz Samarqand uslubiga xos bo‘lgan an’anaviy palovimizni olib keldik. Hammasi bo‘lib 500 ga yaqin quti. Shuningdek, biz 200 ga yaqin non va mol go‘shti olib kelganmiz. Bularni Olimpiya qishlog‘idagi boshqa sportchilar bilan bo‘lishamiz, masalan, yaqinda rus sportchilariga bir nechta non ulashdik», — deya ta’kidlagan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi delegatsiyasi “TASS”ga bergan intervyusida.

O‘zbekistonlik sportchilar Tokio o‘yinlarida ikkita medalni qo‘lga kiritdi. Ulug‘bek Rashidov tayekvondo bo‘yicha Olimpiya chempioni bo‘lgan bo‘lsa, dzyudochi Davlat Bobonov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasida jami 71 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан