Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik “Van Damm”-raqqos jazolandi (video)
13.02.2020 10:09,  
1491

Joriy yilning 6 fevral kuni tarqalgan videolavhada notanish yigit yo‘lning qatnov qismiga chiqib, raqs tushgani tasvirlangan. Ushbu videoda "rol ijro etgan" bloger jazolandi.

Joriy yilning 2 fevral kuni soat 23:10 larda Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro F.M. Spark rusumli transport vositasida Chilonzor tumani, TXAY-Bunyodkor ko‘chasi, Chilonzor metrosi chorrahasiga harakatlanib kelgan va tanishlari orasida o‘ziga e’tiborni tortish maqsadida transport vositalari serqatnov ekanligini bila turib, avtomobillar svetoforining qizil chirog‘i yongan vaqtda yo‘lga yugurib chiqqan va yo‘l o‘rtasida turli jamoat tartibini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etgan.

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan fuqaro F.M. Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 3-batalon xodimlari tomonidan aniqlanib unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан