Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonliklar Umraga bora olishadimi?
5.10.2020 14:36,  
679

Yetti oylik tanaffusdan so‘ng Saudiya Arabistonida ilk Umra ziyorati boshlandi. Podshohlik ziyoratchilarga Makka va Madina eshiklarini ochdi. Bu haqda Bi-Bi-Si xabar bermoqda.

O‘zbekiston mintaqaning eng yirik musulmon davlati bo‘ladi. O‘zbekistondan ham har yili minglab ziyoratchilar Umra ziyoratini ado etib kelishgan.

Saudiya Arabistoni o‘tgan oy Umra ziyoratini bosqichma-bosqich qayta tiklashini ma’lum qilgan.

Podshohlik rejasiga muvofiq, dastlabki bosqichda 6 ming saudiyalikka Umra ziyoratini ado etishga ruxsat berilgan, ziyorat kecha, yakshanba kuni tunda boshlangan.

Ammo ularning ham qat’iy sanitariya-gigiyena qoidalarini rioya etishlari, yuz niqoblarida bo‘lishlari va ijtimoiy masofa saqlashlari shart etib qo‘yilgan.

Namoz va Umra amallari, harakatlanish va uchrashuv vaqtlarini 27 sentyabr kuni ishga tushirilgan maxsus onlayn dastur orqali avvaldan belgilab olishlari ko‘zda tutilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu tartib-qoidalar ziyoratchilarning bir joyda haddan ziyod to‘planishlarining oldini oladi, bir-birlaridan xavfsiz masofa saqlashlariga imkon beradi.

Saudiya Arabistoni Umra va Haj ziyoratlari sabab, podshohlikda koronavirus hollari keskin ortib ketishidan xavotirda.

Podshohlikda jami koronavirus hollari hozirga kelib 330 mingdan ortgan, ularning besh mingga yaqini hayotdan ko‘z yumgan.

Umra va Haj ziyoratlari Saudiya Arabistoniga har yili $12 milliard dollar foyda keltirgan.

Ammo, pandemiya bois, podshohlik bu yil ziyoratchilar sonini keskin cheklagan.

Haj ziyoratini ado etishga ham o‘zini koronavirusga tekshirtirgan, karantinda bo‘lib chiqqan ming nafar saudiyalikkagina izn bergan, chetdan keluvchilarni esa, butkul taqiqlab qo‘ygandi.

O‘tgan yetti oy davomida kutilgan yangilik

Koronavirus hollari shitob bilan ortib borarkan, Saudiya Arabistoni virus tarqalishining oldini olish uchun shu yil fevral oyida "Umra vizalari"ni berishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ygandi.

Podshohlikdan o‘tgan oy oxirida olingan xabarlarga ko‘ra, Umra ziyoratini avvaliga Saudiya fuqarolari boshlab berishadi, ziyorat musulmonlar uchun bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

Shu yilning 4 oktyabridan boshlab 6 minggacha saudiyalik bu ziyoratni ado eta oladi. Xavfsiz, deb topilgan o‘zga davlat fuqarolari esa, Umra ziyoratini 1 noyabrdan boshlashadi.

O‘zbekistonning bu davlatlar sirasiga kirish-kirmasligi hozircha ma’lum emas.

Umra ziyorati bilan bog‘liq har ikki xabar manzarasida ham o‘zbekistonlik diniy mas’ullarning bu xususda biror bir bildirishnoma bilan chiqqanliklari halicha ko‘rilmaydi.

Saudiya Arabistoni bungacha 20 ming nafar ziyoratchini qabul qilishga tayyor bo‘ladi.

Umra ixtiyoriy va kichik Haj amali sanaladi va musulmonlar uni yilning istagan paytida ado etishlari mumkin, deb bilinadi.

Saudiya Ichki ishlar vazirligidagi manbaning aytishicha, "pandemiya tugab, xavf butkul arimaguncha" mazkur raqam o‘zgarmaydi, bu haqda rasmiy bayonot bo‘lmagunicha, Umra ziyoratchilarining soni faqat 20 mingta bilan cheklanadi, xolos.

"Umra ziyoratchilari ilova koronavirus pandemiyasi xavfidan xoli davlatlardan kelayotganlarning podshohlikka tashrifi bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi".

Ziyoratchilarning sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishlari taqozo etiladi.

Ularning yuz niqoblarida bo‘lishlari va ijtimoiy masofa saqlashlari lozim, deb bilinadi.

Ammo xabarda podshohlik ko‘zda tutgan "xavfsizlik" shartlari tafsilotlari ochiqlanmagan.

Saudiya Arabistoni va koronavirus

Saudiya Arabistonida ilk koronavirus holati rasman shu yilning 2 mart kuni qayd etilgan.

Hozirga kelib, podshohlikda koronavirusga chalinganlar soni 330 mingdan oshgan.

Shu paytgacha 5 mingga yaqin o‘lim holati qayd etilgan.

Bu joriy paytda Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo olti davlat orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ladi.

Podshohlikda koronavirusga chalinish hollari anchayin shitob bilan ortib borarkan, saudiyalik mas’ullar orada asrlarki ko‘rilmagan keskin choralarga qo‘l urishgan.

Hatto chet ellik ziyoratchilarning bu yilgi Haj ziyoratini ado etishlariga ham izn berishmagan.

O‘zbekistondan ham har yili minglab ziyoratchilar Umra va Haj ziyoratini ado etib kelishgan.

2018 yildan boshlab, O‘zbekistonga berilgan Umra safari kvotasi 6 mingdan 10 mingga oshirilgan.

O‘zbekistonda koronavirus va undan o‘lim holati Umra ziyoratidan qaytib kelganlar orasida ham qayd etilgan.

Qirg‘izistonda ham Umra ziyoratidan qaytganlar karantin ostiga olingan, ilk koronavirus hollari esa, aynan ziyoratchilarda aniqlangan.

Ziyoratdan qaytgach, uyushtirgan ziyofatlari bilan koronavirus manbasi bo‘lishda ham mas’ullar tomonidan tanqidlarga tutilishgan.

Umra ziyorati bilan bog‘liq so‘nggi yangilikka hozircha O‘zbekiston tomonining rasmiy munosabati ko‘zga tashlanmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан