Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi
31.10.2021 07:58,  
173

«O‘zgidromet» xizmati 31 oktyabr, yakshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–7 daraja, kunduzi 14–16 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–7 daraja, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан