Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi aniq bo‘ldimi?
1.12.2019 14:16,  
2274

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin 30 noyabr kuni Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi (Visshaya shkola ekonomiki) talabalari bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston 2020 yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishini ma’lum qildi.

«Bugun Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin, Oliy iqtisodiyot maktabi (NIU VShE) talabalari bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston Yevroosiyo ittifoqiga 2020 yili kirishini tasdiqladi. Undan tashqari talabalarga kelayotgan ta’tilda O‘zbekistonga borishni tavsiya qildi va O‘zbekiston turistik jihatdan nihoyatda qiziqligi va mehmondo‘stligini aytib o‘tdi. Hozirda muzokaralar O‘zbekiston davlat korxonalariga Yevroosiyo ittifoqiga kirishdagi imtiyozlar haqida bo‘layotganini va bu masalada kelishuv albatta bo‘lishi haqida aytdi.

Aytish joizki, Oreshkin hozirda Rossiya va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo kommisiyasining Rossiya tarafidan rahbari hisoblanadi.

Boshqa juda ishonchli manbalarga ko‘ra, O‘zbekiston Yevroosiyo ittifoqiga kirishi 2020 yilning kuzida, Toshkentdagi MDH davlatlari sammitida e’lon qilinar ekan», deyiladi iqtisodchi Behzod Hoshimovning telegramdagi kanalida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан