Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21.01.2022 18:31,  
142

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan neft va gaz sohasini isloh qilish, transformatsiya jarayonlarini tezlashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilingan hamda ijrosini ta’minlashda tizim ayrim bo‘g‘inlarida uzilishlar bo‘layotgani, buning uchun kadrlar almashinuvini amalga oshirish zaruriyati paydo bo‘ldi.

2019 yil 24 iyundan buyon “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining qazib chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Alisher Sayfullayevich Mustafoyev lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktori Rustam Cho‘liyevich Sherov “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining qazib chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun: Rustam Sherov 1978 yili Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida tug‘ilgan. U neft va gaz sohasidagi faoliyatini 2002 yilda “Muborakneftgaz” UKda geologlikdan boshlagan. “O‘zgeoburg‘uneftgazqazibchiqarish” AJda turli lavozimlarda, “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJda Boshqaruvi rais lavozimida faoliyat yuritgan.

Boshqaruv raisining qazib chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari uglevodorodlar qazib olishni ko‘paytirishga, yangi neft va gaz inshootlarini foydalanishga topshirishni tezlashtirishga, jarayonlarni intensivlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga va zamonaviy rivojlanish usullariga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishga mas’uldir.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан