Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz” AJning avtobenzin mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha rasmiy bayonoti
23.10.2021 16:43,  
686

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha 2021 yilning 9 oyligida 1 mln 110,1 ming tonna suyuq uglevodorodlar qazib chiqarilishi belgilangan bo‘lsa, amalda 1 mln 148,1 ming tonna qazib chiqarildi yoki prognozga nisbatan 103,4 foizni tashkil etdi (o‘sish sur’ati 100,6 foiz).

Mos ravishda jamiyat tasarrufidagi neftni qayta ishlash zavodlarida joriy yilning 9 oyligida 992,3 ming tonna uglevodorod xomashyosi qayta ishlanishi belgilangan bo‘lsa, amalda 1 mln 223,8 ming tonna qayta ishlandi yoki prognozga nisbatan 123,3 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning 9 oyligida 815,5 ming tonna mahalliy (rejaga nisbatan 120,6 foiz), 312,9 ming tonna import xomashyosi (rejaga nisbatan 115,5 foiz) qayta ishlandi.

Shu bilan birga, joriy yilning 9 oyligida 562,4 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarilishi belgilangan bo‘lsa, amalda 654,9 ming tonna ishlab chiqarildi yoki prognozga nisbatan 116,4 foizni tashkil etdi (o‘sish sur’ati 105,6 foiz).

Ma’lumot uchun: Joriy yilning 9 oyligida 524,6 ming tonna “Ai-80” rusumli, 81,1 ming tonna “Ai-91” rusumli, 43,9 ming tonna “Ai-92” rusumli, 5,0 ming tonna “Ai-95” rusumli, 0,3 ming tonna “Ai-98” rusumli avtobenzin ishlab chiqarildi.

Respublikada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga (2017 yil 14 noyabrdagi 913-sonli, 2019 yil 30 iyuldagi 633-sonli, 2020 yil 4 apreldagi PQ–4664-sonli) asosan iqtisodiyotni liberallashtirish va ma’muriy tartibga solishni qisqartirish, tovarlar va xizmatlar bozorlarida samarali raqobat muhitini yaratish hamda narxlarni bozor tamoyillari asosida shakllantirishga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha qabul qilingan choralar natijasida:

avtomobil benzini chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi va uni neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshirilishi belgilandi, jumladan:

– 2017 yil 15 noyabrdan boshlab “Ai-92”, “Ai-93”, “Ai - 95” va “Ai-98” markali;

– 2019 yil 15 avgustdan boshlab “Ai-91” markali;

– 2020 yil 1 maydan boshlab “Ai-80” markali;

- avtobenzin narxlarini Hukumat qarorlari bilan belgilash amaliyotidan voz kechildi, sog‘lom raqobat muhiti shakllandi va iste’molchilarga sifatli mahsulotlar yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi;

- respublikada Buxoro neftni qayta ishlash zavodidan tashqari birja savdolarida 10 dan ortiq sotuvchilar avtobenzin mahsulotini taklif etmoqda;

- hozirda respublikada faoliyat yuritayotgan 2 600 dan ortiq avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYoQSh) mahalliy neft mahsulotlari bilan bir qatorda import avtobenzin mahsulotlari ichki bozorda realizatsiya qilinmoqda.

Shuningdek, jahondagi yetakchi neft va gaz kompaniyalari kabi “O‘zbekneftgaz” AJ nafaqat uglevodorod xomashyosini qazib chiqarish va qayta ishlash bilan chegaralanmasdan, balki ishlab chiqarilgan tayyor neft mahsulotlarini, jumladan, avtobenzin mahsulotini tasarrufdagi “UNG Retro” MChJga tegishli 65 dan ortiq AYoQShlar orqali o‘rnatilgan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga realizatsiya qilmoqda.

Aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtobenzinning asosiy qismi, ya’ni 80,1 foizi “Ai-80” markali avtobenzin hisoblanadi.

Jahonda neft kotirovkasi yil boshiga nisbatan 1,7 barobarga oshishiga qaramasdan “O‘zbekneftgaz” AJ “Ai-80” avtobenzin narxini ichki bozorga katta hajmda realizatsiya (intervensiya) qilinishi hisobiga bir maromda ushlab turishga erishilmoqda.

Ma’lumot uchun: Brent markali neftning jahon birjalaridagi kotirovka narxi 1 barreli uchun 83-85 AQSh dollarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 1,7 barobarga oshgan bo‘lsa, tasarrufdagi AYoQSh larda 1 litr asosiy ishlab chiqariladigan “Ai-80” avtobenzini 5 900 so‘m chakana narxda (Toshkent sh.) sotilmoqda yoki yil boshiga nisbatan 1,15 barobarga oshdi.

Shu bilan birga, shuni alohida ta’kidlash o‘tish kerak ishlab chiqarilayotgan “Ai-91”, “Ai-92”, “Ai-95” markali avtobenzinlarning asosiy hajmi import xomashyosidan ishlab chiqariladi yoki tayyor holda bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib jaxon kotirovkalariga bog‘langan holda import qilinadi. Shuning uchun, mazkur turdagi avtobenzin narxlari nisbatan yuqoriroq.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан