Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi hamkorligida kadrlarning malakasi oshirilmoqda (Foto)
30.10.2021 11:19,  
37

Joriy yilning 27 oktyabr kuni “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev Sankt-Peterburgga qilgan safari chog‘ida “Gazprom” Boshqaruvi raisi Aleksey Miller bilan uchrashgan edi.

Uchrashuv chog‘ida hamkorlikda konlardan gaz qazib olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarni muhokama qilish qatorida “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi xodimlarni so‘nggi bir necha yil mobaynida malakasini oshirish sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi va joriy yilda ikkala kompaniya kadrlarini tayyorlash va rivojlantirishga yanada e’tibor qaratishga urg‘u berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga 2017 yil 4–5 aprel kunlari amalga oshirgan Davlat tashrifi davomida “O‘zbekneftgaz” AJ va “Gazprom” AJ o‘rtasida “Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida” memorandum bu boradagi aloqalarning asosi hisoblanadi.

Mazkur memorandumga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘i bilan xodimlarning malakasi va bilimlarini oshirish maqsadida “Gazprom korporativ instituti” tomonidan o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.

Joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida o‘tkazilgan navbatdagi “Neft va gaz konlarini razvedkasi va qidiruvining zamonaviy usullari va texnologiyalari”, “Murakkab tog‘-geologik, texnologik sharoitda quduqlarni burg‘ilash va loyihalashtirish” va “Murakkab geologik tuzilishga ega bo‘lgan va foydalanishi murakkab konlardan uglevodorod xomashyosini qazib olish” o‘quv kurslarida 60 nafar mutaxassislar o‘qitildi.

Shuni alohida ta’kidlash mumkinki, hamkorlik rishtalari natijasida 2021 yilning shu davriga qadar neft-gaz sohasining 7 ta ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha jami 140 nafar xodim o‘qitilishga erishildi.

Ma’lumot uchun: 2017 yilda “Gazprom” va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangan. 2018 yilning may oyida “Gazprom” va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida “Shaxpaxta” konini o‘zlashtirish bo‘yicha Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi №2 bitimga asosan qo‘shimcha kelishuv imzolangan edi. Hujjatda gazni qazib olish 2024 yilgacha davom ettirish nazarda tutilgan.

O‘zbekistonda “Gazprom”ning faoliyatini “Gazprom EP International B.V.” – “Gazprom” AJning uglevodorod konlarini qidirish, qidirish va o‘zlashtirish sohasida xorijiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ixtisoslashgan kompaniyasi amalga oshiradi. 2018 yilning oktyabr oyida “Gazprom EP International” va O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi o‘rtasida “Jel” koni bo‘yicha Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim imzolangan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан