Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsion loyihasi jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda
26.01.2022 20:56,  
49

2021 yilning 25 dekabr kuni davlatimiz rahbari ishtirokida “GTL” zavodining ishga tushirilishi va “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” investitsiya loyihasi doirasida qurilish ishlarini boshlash uchun tamal toshi qo‘yish marosimlari bo‘lib o‘tgan edi. 

Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsion loyihasi jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari “O‘zLITineftgaz” AJ ixtisoslashgan instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra loyihaning taxminiy qiymati 

1,85 mlrd AQSh dollarni tashkil etadi. Loyiha doirasida “GTL” zavodida ishlab chiqariladigan 430 ming tonna naftani qayta ishlash orqali, yiliga yuqori likvidli hisoblangan bimodal polietilenni 280 ming tonnagacha va polipropilenni 100 ming tonnagacha ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Yangi zavod yuqori zichlikdagi polietilen va polipropilenni puflab va quyma shakllantirish, quvurlar, plenka va tolalar ishlab chiqarish hamda ekstruziya jarayonlariga mo‘ljallangan.

Loyihani moliyalashtirish maqsadida Rossiyaning “Gazprombank” AJdan 300 mln AQSh dollar kredit jalb qilingan. Bundan tashqari, xalqaro moliyaviy institutlar, kredit agentliklari va tijorat banklarining davlat kafolatisiz mablag‘larini jalb qilish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Xususan, 2021 yil 29-30 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida “Deutsche Bank”, “LBBW” va “Helaba” banklari moliyaviy hamkorlik memorandumlari imzolandi. Shu bilan birga, noyabr-dekabr oylarida Germaniyaning “Euler Hermes”, Gollandiyaning “Atradius” hamda va Italiya “SACE” eksport-kredit agentliklariga Loyiha taqdimoti amalga oshirildi.

Bundan tashqari, Xitoyning “SINOSURE”, Saudiya Arabistonining “ICIEC” va Rossiyaning “EKSAR” eksport-kredit agentliklarini ham moliyalashtirish jalb qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Batafsil loyihalashtirish ishlariga Janubiy Koreyaning “Hyundai Engineering” va “GS Engineering & Construction” kompaniyalari jalb qilingan bo‘lib, ularning yuqori malakali va katta tajribaga ega bo‘lgan muhandislari “O‘zbekneftgaz” AJ va Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining yetakchi mutaxassislari bilan birgalikda loyihalashtirish ishlarini amalga oshirishmoqda.

Bugungi kunga qadar YeRS-pudratchi tomonidan loyihaga jami 

387 yuqori malakali mutaxassis jalb qilingan. Batafsil loyihalashtirish ishlari 52,2 foizga yakunlandi. 

Loyihalashtirish bo‘yicha 30 foizlik 3D (uch o‘lchamli) Model ishlab chiqilib tasdiqlandi hamda 60 foizlik 3D Model ishlab chiqish jarayoni davom etmoqda va bular o‘z navbatida 90 foizlik yakuniy 3D Model yaratilishining asosini tashkil etadi.  

Hozirgi kunga kelib asosiy uskunalarni yetkazib beruvchilarni oldindan saralash jarayoni davom etmoqda. Umumiy 374 tadan 142 ta asosiy texnologik uskunani ishlab chiqarishga buyurtma berildi.

Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishining asosiy omillaridan biri bu professional kadrlarni tayyorlashdir. Xozirgi kunda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hududida kadrlarni tayyorlash markazi tashkil etilgan bo‘lib, ishlab chiqarish sexlar va ob’yektlarda saralab olingan yosh mutaxassislar, shu jumladan neft va gaz sohasidagi oliy o‘quv yurtlarining eng yaxshi bitiruvchilari amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni o‘tashmoqda.

Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida O‘zbekistonda polietilen hamda polipropilen ishlab chiqarish hajmlari ko‘paytirilib, yurtimizda sifatli va eksportbob tovarlar ishlab chiqarish uchun zamin yaratiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан