Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbektelekom” AK yuridik shaxslarga yangi raqamli kompleks xizmat ko‘rsatish shaklini taqdim etadi.
25.11.2020 11:34,  
108

"O‘zbektelekom" AK – o‘z tarmog‘i bilan respublikaning barcha hududlarini qamrab olgan O‘zbekistondagi eng yirik telekommunikatsiya operatorlaridan biridir. Zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalangan holda Kompaniya davlat organlari, tashkilotlar hamda mamlakat aholisiga telekommunikatsiya xizmatlarining to‘liq spektrini taqdim etadi.

“O‘zbektelekom” AK yuridik shaxslarga yangi raqamli kompleks xizmat ko‘rsatish shaklini taqdim etadi.
Biz uchun mijozimizning vaqti hamda resurslari juda qadrli bo‘lganligi uchun xizmat ko‘rsatishda mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv qo‘llaymiz.

Mijozlarimiz ishchi xodimlari vaqtini tejash maqsadida “O‘zbektelekom” AK tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar yuzasidan murojaatlarni (tarif rejani almashtirish, qo‘shimcha xizmatlarni ulash va h.k.) Kompaniya rasmiy sayti orqali yuborish imkoniyati yaratildi. Buning uchun Kompaniya rasmiy saytining “Biznesga” sahifasida “Onlayn ariza” bo‘limining “Xizmat ko‘rsatish” menyusiga xat va boshqa turdagi xujjatlarni biriktirib yuborish kifoya.

Shuningdek, Kompaniya tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar yuzasidan mijozlarimizni axborot va texnik qo‘llab quvvatlash uchun 1155 maxsus qisqa raqami xizmat ko‘rsatmoqda.
UZTELECOM yangi tariflardan foydalanib pullarni tejash va biznesni rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. «CORPORATE» tarif rejalari seriyasi orqali simli Internet xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha arizalar yig‘ish davom etmoqda.

Bundan tashqari simli internet xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha maxsus individual yechimlar yaratib berishga tayyorligimizni eslatib o‘tamiz.

UZTELECOM – milliy operator.

http://www.uztelecom.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан