Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zLiDeP logotipini o‘zgartirmoqda
2.07.2021 20:00,  
105

2 iyul kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda partiya a’zolari turli xil masalalarni muhokama qilishgan. Jumladan, partiya rebrendingi va yangi logotip yig‘ilishi qatnashchilari tomoniadn muhokama qilingan.

ЎзЛиДеП логотипини ўзгартирмоқда

«Partiya faollari, keng jamoatchilikning fikr-mulohazalaridan so‘ng shu ma’lum bo‘ldiki, bugungi talablar darajasiga mos ravishda o‘zgarish O‘zLiDePning logotipida ham o‘z aksini topishi kerak. Boshqacha aytganda, partiyaning yangi logotipi O‘zLiDeP islohotlarning yangi bosqichida o‘z oldiga qo‘yayotgan ulkan maqsadlarni o‘zida to‘la aks ettira oladigan logotip sifatida gavdalanishi zarur. Toki, butun halq va xalqaro jamoatchilik ushbu ramzda O‘zLiDeP bugungi kunda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar aksini ko‘ra olsin», — deyiladi partiya xabarida.

Ushbu masalani partiya Siyosiy Kengashiga kiritgungacha bo‘lgan davrda logotip bo‘yicha partiya a’zolari va aholi vakillari fikrlarini o‘rganish uchun barcha viloyatlarda muhokamalarni tashkil qilish lozimligi ko‘rsatib qayd etilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, yangi logotip partiya Siyosiy Kengashining keyingi majlisida ko‘rib chiqiladi va bu yig‘ilish iyul oyining birinchi dekadasida Toshkent shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан