Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zMU kutubxonasidan yo‘qolgan asarlar ortidan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi — Bosh prokuratura
21.02.2022 13:28,  
209

Kun.uz saytida XIII-XV asrlarda yozilgan o‘nlab nodir qo‘lyozmalari O‘zMU kutubxonasidan yo‘qolganligi haqida xabar chiqarilgan. Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganildi.

O‘rganishda Milliy universitet Axborot resurs markazi fondida saqlangan XIII - XIX asrlarga oid qiymati 2,6 mlrd. so‘mlik tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan 56 dona qo‘lyozma va 6 dona toshbosma asarlar talon - toroj qilinganligi va boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Bosh prokuratura tomonidan joriy yilning 19 fevral kuni universitetning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, shuningdek, Axborot resurs markazi direktori va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlariga kirishildi.

Tergov ustidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан