Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zMU University Impact Ranking reytingiga kirdi
24.04.2020 10:55,  
290

2020 yil 22 aprelda dunyo universitetlari reytingi – Times Higher Education agentligi tomonidan University Impact Ranking natijalari taqdim etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Reyting dunyo universitetlarining 2016 yil BMT tomonidan qabul qilingan barqaror rivojlanish maqsadlari nuqtai nazaridan o‘z mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasini baholash uchun yaratilgan. 

2016 yilda dunyo universitetlari reytingini aniqlashda adolatli, sifatli ta’limni ta’minlash, gender tengligiga erishish va innovatsiyalarni rivojlantirish kabi ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan.

2019 yilda esa 11 ta ko‘rsatkich bo‘yicha universitetlar reytingi aniqlangan. 2020 yilga kelib esa 17 ta ko‘rsatkich bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari ishtirok etishlari belgilangan. 

Bular “Ta’lim sifati”, “Gender tengligi”, “Infrastruktura va innovatsiya”, “Talab va ehtiyoj mutanosibligi”, “Toza energiya”, “Ijtimoiy tenglik”, “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash“, “Barqaror rivojlanish uchun global hamkorlik” , “Sog‘liqni saqlash”, “Suv resurslaridan unumli foydalanish”, “Atrof muhitni himoya qilish” kabilardir. 

Universitetlar reytingini aniqlash uchun Xalqaro agentlik universitetlardan, shuningdek, Elsevier yirik ilmiy nashriyotdan ma’lumotlar oladi va uning natijalariga qarab universitetlarning reyting natijalarini e’lon qiladi.

O‘zbekiston Milliy universiteti 5 ta ko‘rsatkich bo‘yicha quyidagi natijalarga erishdi:

- “Ta’lim sifati”- 401+
-  “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash” - 101-200
- “Gender tengligi” - 401+
- “Barqaror rivojlanish uchun global hamkorlik” - 601+
- “Kambag‘allikni bartaraf etish” - 201-300

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан