Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zrus tilini razvivat qilaylik!”
19.10.2019 20:20,  
775

Xolodilnikni ochib qarasam, zelen tugab qolibdi. Srochno bozorga ketdim. Bozorda prodavetslarning shumi (shumtaka emas, shovqini — O‘.B.) hammayoqni tutib ketgan. “Kep qoling svejiy smetanaga”, “Issiq lepyoshkalardan opketing!”, “Kapustaning asali bizda!”.

Prilavkalarni aylanib yursam, setka ko‘tarib sosedim yuribdi.

— Qalaysiz, sosed? — so‘rashdim men.

— Nishtyak, bratan, — javob berdi sosed, — shu, ozgina produkta opketay, deb keluvdim. Pochti hamma narsani olib bo‘ldim, tolko chesnok bilan perets qoldi.

Kechqurun televizorda “Novaya jertva”ni ko‘rib o‘tirsam, eshikning zvonogi chalinib qoldi. Ochsam, sosed ekan. “Bir zvonit qivosam” deb prosit qildi. “Pojaluysta” dedim. Sosed telefonni olib gaplasha boshladi: “Allo, privet, Sarimsoq akam bormilar?.. Yo‘qmi?.. A kogda bu-det?.. Xorosho. Poka".

Gaplarini eshitib, bir narsaga vrubitsya qilolmadim. O‘zidan so‘radim:

— Nega “Sarimsoq aka” dedingiz, “sarimsoq” — “chesnok” degani-ku? “Chesnok aka” desangiz, to‘g‘ri bo‘ladi.

— Deystvitelno, — dedi vdumchivo sosed, — bunga voobщye vnimaniye obraщat qilmagan ekanman. “Dom Sovet”iz yaxshi ishlaydi-da, bratan.

Sosed chiqib ketdi. “Dom Sovet”im operativno paxat qilib ketdi. O‘zim nauchno-issledovatelskiy institutda starshiy nauchniy sotrudnik bo‘lib ishlayman. “Evrika!” dedim o‘zimga-o‘zim va bir list bilan ruchkani olib yoza boshladim: “O‘zrus tilining poyavleniyesi va razvitiyesi” (nauchniy ish).

“O‘zrus tili planetamizdagi noveyshiy tillardan bo‘lib, tyurkskaya yazikovaya gruppadagi o‘zbek tili va slavyanskaya yazikovaya gruppadagi rus tilining soyedineniyesidan paydo bo‘lgan. Bu tilda so‘zlashuvchi milliondan ortiq naseleniye v osnovnom, stolitsamizda va ba’zi krupniy promishlenniy sentrlarimizda yashaydi.

O‘zrus tili 60-yillardan zachatka bera boshlagan bo‘lib, protsvetaniyesi 70—80-yillarga to‘g‘ri keladi”.

Rabochaya komnatamga stuksiz kirgan xotinim xayolimni perebivat qilib yubordi va avtomatniy ocheredga o‘xshab tarillab ketdi:

— Dadajonisi, bugun ertalab ostanovkada marshrutkaga chiqaman deb bir shag bosgan edim, yo‘l skolzskiy ekan, yiqilib tushdim. Vezde lyod, predstavlyayesh? Ishga borish neoxota bo‘lib turuvdi. “Poyasnitsam og‘riyapti” deb bahona qilib poliklinikamizga bordim. Doktor naznacheniye yozib berdi. “Bolnichniy yozib bering» desam, “pyat baksov bo‘ladi” dedi. Unaqa krupniy summa koshelyogimda yo‘q edi, ambulatorniy lecheniye olaveraman, dedim.

— Nu chto eto takoye? — nervnichatsya qildim men. — Bu yerda seryoznaya nauchnaya rabota ustida o‘tiribman. Sen bo‘lsang perebivat qilasan.

Rabochiy stolimga o‘tirib “chyort poberi” dedim-da, kelgan joyimdan prodoljit qilib, yoza boshladim:

“O‘zrus tilida so‘zlashuvchi naseleniyeni, v osnovnom, o‘zbeklar tashkil qiladi. Mejnatsionalnie otnosheniyani razvivat qilishda bu tilning vajnoye znacheniyesi bor, eto nesomnenno. Politicheskiy znacheniyesi esa juda katta. O‘z-bekistonning russkoyazichniy naseleniyesi gosyazikni o‘rganishga toropitsya qilmayapti, potomu chto o‘zbekchani o‘rganish nelegko. Tem boleye, bunga neobxodimost yo‘q. V svyazi s etim, men shunday predlojeniye kiritmoqchiman. O‘zrus tilining nastoyaщiy znacheniyesini priznat qilib, uni ham gosyazik deb e’lon qilinsin. Vot togda o‘zruschani o‘rganish oson bo‘ladi. Bu esa v buduщyem rus tilini ham gos yazik deb ob’yavit qilishda perexodnoy most vazifasini o‘taydi.

Kelajagimiz bo‘lgan ko‘plab molodyojlarni zagranitsaga o‘qishga jo‘natyapmiz. Ularning orasida gosyazikni bilmay-diganlar ham bor. O‘qishni bitirib kelishgach, ulardan vigodniy foydalanish uchun gosyazikni ko‘paytirishimiz kerak.

Krome togo, o‘zbekchaga ruschani aralashtirmay gapirish nevozmojno bo‘lganligi uchun o‘zbekchani yaxshi bilmagan o‘zbek grajdanlarimizni uprekat qilishlariga polojit konets mumkin bo‘lardi. Nu, naprimer, “o‘g‘it”ni “mineralnoye udobreniye” degani uchun jitellarimiz preduprejdat qilinmasdi. Samoye glavnoye, ba’zi rukovoditellarimiz svobodno nafas olishardi.

Vposledstvii, Sovmin qoshidagi til masalalari bilan zanimatsya qiluvchi postoyannaya komissiya o‘ziga o‘zi otvechat qilolmaganligi uchun ularni uprazdnit qilish haqida prikaz izdat qilish mumkin. Ularni obespechit qilish, zarplata berish uchun izrasxodovat qilinadigan sredstvalarni esa o‘zrus tilini razvivat qilishga pereraspredelit qilinsa, shikarniy ish bo‘lardi.

Qarasam, nauchnaya statyam prilichniy gazetniy statya bo‘p qopti. “Qaysi gazetaga bersam ekan”, deb vdumatsya qilib qoldim. Ruscha izdaniyelarga bersam, ularni o‘qiydigan russkoyazichnoye naseleniye o‘zrus tilini yaxshi tushunmasligi va statyaning sutiga (“moloko” emas, “mohiyat” — O‘. B.) vnikat qilolmasligi mumkin.

O‘zbekcha izdaniyelarning pochti hammasida “sendan men zo‘r” degan shtatniy sotrudniklar bor, statyaning aktualnosti ularga kopeyka — chiqartirishmaydi.

O‘ylab-o‘ylab, “Nezavisimaya gazeta”ga berishga reshit qildim. A potom, o‘zrus tilining povsednevniy jiznda, televideniyeda suщyestvovat qilishini hech kim inkor qila olmaydi-ku!? Ne tak li?

Davayte, statyada aytilgan predlojeniyelarni podder-jat qilaylik. Agar bu statyani yaxshi tushuna olmagan bo‘lsangiz, o‘zbekcha va ruscha izdaniyelarda perevodini chiqartirishga staratsya qilaman.

O‘tmas Boshqon,
1997 yil, 31 yanvar,
Toshkent shahri.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан