Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pandemiya 450 mingga yaqin oilalar daromadiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin — Prezident
3.06.2020 21:25,  
188

3 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Prezident tadbir avvalida mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. So‘nggi o‘n kunda o‘rta hisobda kuniga 70-80 kishida kasallik aniqlangani, hali xotirjamlikka o‘rin yo‘qligini ta’kidladi.

Oxirgi bir oyda 32 ta charter reys orqali 8 mingga yaqin, chegara postlari orqali 20 mingdan ortiq fuqarolar yurtimizga olib kelingan. Ularning ko‘pchiligida kasallik topilgan. Shuningdek, qariyb 200 nafar xalqaro yuk tashuvchi haydovchida koronavirus aniqlangan. Umuman, hozirgi kunda uy sharoitida 26 ming, statsionarda 21 ming kishi karantinda qolmoqda.

“Qizil” va “sariq” hududlar hisoblangan viloyat, shahar va tumanlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilish shartligi yana bir bor aytib o‘tildi.

Pandemiya sharoitida eng farovon davlatlarda ham aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish katta muammo bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda ham ishsizlar soni ko‘paydi. Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, pandemiya 450 mingga yaqin oilalar daromadiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан