Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Paxta yog‘ining narxi qariyb 10 foizga arzonlashdi — Birja
2.08.2021 21:48,  
240

«O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJga 2 810,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi va undan 1 747,0 tonnasi, ya’ni 62,1% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 113 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16 717,6 ming so‘mdan 15 080,1 ming so‘mgacha, ya’ni 9,8% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli paxta yog‘ining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 17 393,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 11 972,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 11 467,0 tonnasi, ya’ni 95,8% sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 385,5 ming so‘mdan 7 290,6 ming so‘mgacha, ya’ni 1,3% ga pasaygan. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 7 345,8 ming so‘mni tashkil etdi.

Sement

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 356 437,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 194 087,0 tonnasi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 38,8 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 519,0 ming so‘mdan 504,6 ming so‘mgacha, ya’ni 2,8% ga pasaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан