Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Paxtaga byudjet tashkilotlari chiqmaydi": Mirziyoyev amaldorlarni hozirdan ogohlantirdi
13.08.2019 10:42,  
42

Prezident videoselektorda bu yilgi paxta terimiga byudjet tashkilotlari olib chiqilmasligi haqida eslatdi.

12 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Unda prezident ko‘plab masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Selektorda so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev bu yil paxta yaxshi bo‘layotgani, uni yetishtirish uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini aytdi.

Nashrning yozishicha, Mirziyoyev Ro‘ziyevning paxta haqidagi gaplaridan so‘ng barcha hokimlarga bu yil paxta terimiga byudjet tashkilotlari jalb qilinmasligini eslatib o‘tdi.

"Bu yil paxta [терими]ga maktab, institut — umuman, birorta byudjet tashkilotlari olib chiqilmaydi, eslaringdan chiqmasin", — deya iqtibos keltirgan O‘zbekiston rahbari so‘zlaridan nashr.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан