Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pensilvaniya universiteti dunyodagi eng yaxshi aql markazlari reytingini e’lon qildi
5.02.2021 09:24,  
145

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Markaziy Osiyoda va Kavkaz davlatlari orasida yetakchi aqliy markazlar nominatsiyasida o‘z reytingini mustahkamladi

Reyting mualliflari Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi, xususan Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, shuningdek O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘onistonning yetakchi tahlil markazlari faoliyatini tahlil qilishgan.

2021 yil 4 fevral, Toshkent. “Global Go to Think Tank Index Report 2020” “Yetakchi aqliy markazlar reytingi”ni e’lon qilindi. Reyting BMTning ko‘magi va buyurtmasi bilan jahondagi 7 mingga yaqin tadqiqot markazlarining ekspertlarining baholari asosida Pensilvaniya universiteti  (AQSh) mutaxassislari tomonidan tuzilgan.

Aqliy markazlar reytingi har yili e’lon qilinadi. 2020 yil hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 11 175 ta aqliy markazlar  mavjud.

Tadqiqotda aqliy markazlar vakillari, shuningdek 4000 ga yaqin jurnalistlar, siyosatchilar, iqtisodiy va siyosiy ekspertlar sohasidagi mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan ekspert so‘roviga asoslanadi.

Reytingda ishtirok etuvchi markazlar global va mintaqaviy ta’sir darajasi bo‘yicha, shuningdek, tadqiqotlar yo‘nalishi bo‘yicha joylashtirilgan.

Biz uchun asosiy nominatsiyada – “Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida eng yaxshi aqliy markazlar” reytingida - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) 58 ta aqliy markazlar ro‘yxatida 10-o‘rinni egalladi.

Shunday qilib, Markaz mazkur mintaqada va O‘zbekistondagi eng aqliy markaz sifatida o‘z mavqeini saqlab qoldi.

Markaziy Osiyodagi eng yaxshi 10 ta aqliy markazlar ro‘yxatiga Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti, Kavkaz ilmiy-tadqiqot markazi (Ozarbayjon), Afg‘oniston tadqiqot va baholash guruhi, Kavkaz tinchlik, demokratiya va taraqqiyot instituti (Gruziya), Siyosiy tadqiqotlari instituti (Gruziya), Iqtisodiy tadqiqotlar instituti (Qozog‘iston), Og‘axon fondi (Afg‘oniston), Armaniston milliy va xalqaro tadqiqotlar markazi, Osiyo fondi (Afg‘oniston), Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (O‘zbekiston) kiritilgan.

Ma’lumot uchun, reytingda Afg‘oniston (46), Armaniston (32), Ozarbayjon (20), Gruziya (36), Qozog‘iston (43), Qirg‘iziston (29), Tojikiston (9) va O‘zbekiston (13) aqliy markazlari o‘rin olgan.

2020 yilda Markaz iqtisodiyotni diagnostika qilish uchun yangi instrumentlar – “Iste’molchilar kayfiyati indeksi”, “Biznes-iqlim indeksi”, “Asosiy mahsulotlar narxlar sharhi”, “Tijorat banklar reytingi”ni joriy etdi davriy ravishda e’lon qilib bormoqda.

Umuman olganda, yil davomida Markaz tomonidan qayta nashrlar, tarjimalar va xorijiy ommaviy axborot vositalaridagi nashrlarni hisobga olmaganda 300 ga yaqin tahliliy materiallar, ma’ruzalar, 160 dan ortiq tahliliy maqolalar tayyorlandi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot sohasida 104 dan ortiq akademik va ilmiy-tadqiqot muassasalari, shu jumladan 65 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 31 ta ilmiy markazlar (shu jumladan, 14 ta ixtisoslashgan ilmiy va amaliy markazlarni) va 8 ta boshqa ilmiy tashkilotlar faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, 130 ta oliy o‘quv yurtlari (shu jumladan ularning filiallari)da ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun: Iqtisodiy tadqiqotlar markazi o‘tgan yilning oktyabr oyida tashkil etilganligining 20 yilligida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sifatida qayta tashkil etildi. Shu bilan birga, Markaz oldiga yangi maqsadlar va vazifalar belgilangan. Shu jumladan, rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan amaliyotlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar bo‘yicha takliflarni hisobga olgan holda iqtisodiyot, moliya, tadbirkorlik va ijtimoiy sohadagi davlat boshqaruvini takomillashtirishga yo‘naltirilgan chuqur tahliliy va amaliy tadqiqotlar amalga oshiriladi.

 

                                                                                              Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

                                                                                                        Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан