Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pensiya ta’minoti: yangi qonun loyihasi tayyorlandi
21.09.2021 16:03,  
515

Moliya vazirligi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonuni loyihasini tayyorladi.

Quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish nazarda tutilmoqda:

 boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lovlarini marhumning qaramog‘idagi farzandlariga, ular 18 yoshgacha, agar umumiy o‘rta ta’lim muassasasi, akademik litsey va oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan bo‘lsa 23 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini to‘lash; 

nogironligi bolalikdan bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaragan davrini ish stajiga qo‘shib hisoblash;

 respublika hududida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan davrda amal qilib turgan davrda pensiya olish huquqi vujudga kelgan fuqarolar, ushbu tadbirlar (cheklovlar) davrida yoki tugagandan so‘ng bir oy ichida pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan taqdirda, ularga pensiya uni olish huquqi paydo bo‘lgan sanadan tayinlash taklif etilmoqda.

Qonuni loyihasining qabul qilinishi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan yiliga o‘rtacha 51,4 mlrd.so‘m qo‘shimcha mablag‘ talab etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан